Daimler AG kompaniyasi rahbari Diter Tsetshe Detroytdagi avtosalonda "Mercedes" kompaniyasining Mercedes-Maybach subbrendi ostida chiqariluvchi krossoveri paydo bo‘lishini tasdiqladi. Ma'lumki, mashina dizayn borasida noyob bo‘ladi.
Yangi ultrahashamatli krossoverning dizayni noldan yaratiladi.
Shuningdek, Mercedes-Maybach’ning elektr dvigatelli variantlari ham yaratilishi ma'lum qilindi. Kompaniyaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Yyens Timer elektroprivodli modellar nafaqat "Mercedes-Maybach"da, balki Mercedes-AMG subbrendining sport avtomobillarida ham paydo bo‘lishini aytdi. "Shunday vaqt keladiki, har bir model gibrid yoki elektr modifikatsiyasini oladi. Biz bunga tayyormiz".
Kompaniyaning rejalarida yana bir Mercedes-EQ subbrendini yaratish rejasi bor. Bu subbrend ostida yuqori texnologik elektromobillar ishlab chiqariladi. Ushbu subbrend ostidagi birinchi model Generation EQ krossoveri 2016 yil oktabrda taqdim qilingandi.