Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik konserni AQShda 772 ming dona Honda va Acura rusumli mashinalarini qaytarib oladi. Bunga Takata firmasi tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘liq nuqsonlar sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Chaqirib olish dasturiga muvofiq, 2008-2012 yillarda ishlab chiqilgan Honda Accord, 2006-2011 yillarga tegishli Honda Civic, 2007-2012 yillarda mijozlarga yetkazib berilgan Honda Fit hamda 2010-2012 yillarda ishlab chiqilgan Honda Insight mashinalaridagi texnik nuqsonlar bartaraf etiladi.
Yaponiyaning Takata kompaniyasi xavfsizlik yostiqchalari 2014 yilda mojaro markazida qolgan edi. Piropatronning nosozligi sababli, halokat ro‘y bergan vaqtda to‘g‘ri ochilmagan, shu sabab yoki yorilib ketgan yoxud salonda o‘tirgan odamga temir parchasini otgan. Bu kabi hodisalar tufayli jami 11 kishi halok bo‘lgan, ularning 10 nafari AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Butun dunyo bo‘ylab chaqirib olingan avtomobillar soni 100 milliondan oshib ketgan.