«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Telegram messenjer ilovasi muallifi Pavel Durov, ilovadan foydalanish xavfsiz bo‘lmay qolgani haqidagi fikrlarni izohladi. U ilovaning Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan buzilganidan nimani tushunish lozimligini ma'lum qilgan. Pavel Durov bu haqda «Firma siri» jurnaliga so‘zlab bergan.
««His / her understanding was that the FSB ... had cracked this communication software» iborasi, har holda, 2016 yil aprelida Kozlovskiy va Alburovning SMS-qisqa matnli xabarlarining ushlanishi bilan bog‘liqqa o‘xshaydi», — degan Durov.
Shu bilan birga, Telegram rahbari Buyuk Britaniya razvedkasining sobiq xodimiga tegishli ekani uqdirilgan hisobotni e'lon qilgan BuzzFeed ishonchli axborot manbasi ekanini shubha ostiga ham qo‘ygan.
Bundan avvalroq, ushbu nashr Britaniya maxsus xizmati sobiq xodimining hisobotini chop etgan, unda go‘yoki, Rossiya tomoni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni shantaj qilish maqsadida, uning obro‘siga putur yetkazadigan ma'lumotlarni to‘plagani qayd etilgan.