Tramp saylangandan keyin rossiyalik milliarderlarning boyligi qanday o‘zgardi

Iqtisodiyot 09:54 / 10.01.2017 20231

Donald Tramp AQSh prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘lgach, rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 29 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu o‘sish rublning mustahkamlanishi va Rossiya qimmatli qog‘ozlari narxi o‘sishi bilan bog‘langan.

Rossiyaning hozirda eng boy odami, NOVATEK kompaniyasi boshqaruv raisi Leonid Mixelson aktivlari 2016 yil 8 noyabrdan 1,9 mlrd dollarga o‘sgan. Shu tariqa, uning boyligi hozirda 18,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Mixelson 2016 yil yakunlariga ko‘ra rossiyalik milliarderlar reytingiga boshchilik qilmoqda.

Shuningdek, Tramp g‘alabasidan keyin amerikalik milliarderlarning boyligi o‘rtacha 2,8 foizga, rossiyalik milliarderlarniki esa 7,1 foizga oshgan.

Bloomberg axborot agentligi dekabr oxirida dunyoning eng badavlat odamlari 2016 yilda yana 237 mlrd dollarga boyishganini ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: