Apple korporatsiyasini ularning mahsuloti qimmatligi borasida ko‘p bora tanqid qilishgan, biroq bunga tushuntirish berilganga o‘xshaydi. Ma'lum bo‘lishicha, ba'zi bir texnikalar pullardan “qilingan” ekan. Gizmodo internet-portali jurnalistlari global tarmoqda deyarli o‘nlab qiziqarli voqealarni topishdi. Ularda turli yillarda chiqarilgan MacBook noutbuklari egalari optik uzatmada kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan va turli qiymatdagi tangalarni topishgani aytiladi.
Masalan, Grek Kilpatrik 2010 yilda o‘ziga tegishli Macbook Pro’da 1970 yilda chiqarilgan 25 sent qiymatdagi tangani topgan. Xuddi shunday qiymatdagi tanga Experts Exchange saytining mccrick niki ostidagi foydalanuvchisi tomonidan aniqlangan bo‘lsa, Mac Rumors sahifasi o‘quvchisi 2011 yilda chiqarilgan Apple noutbukida kanada tangasini topganini xabar qilgan. Texnika yig‘uvchilari tangalarni nima uchun aynan optik uzatmalarda joylashtirishlari noma'lum. Ehtimol, ular diskovod muvozatini ushlab turish uchun ishlatilar. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Apple bunday “xazinalar” aslida nima maqsadda joylashtirilganini oshkor etmayapti.