Yangi Toyota Camry «yangi»dan barpo qilindi

Fan-texnika 18:40 / 10.01.2017 10632

Yaponiyaning dunyoga dong‘i ketgan Toyota kompaniyasi AQShning Detroyt shahridagi avtoko‘rgazmada Camry sedanining Amerika bozoriga mo‘ljallangan yangi avlodini namoyish qildi. Model bosh muhandisi Masato Katsumataning so‘zlariga ko‘ra, uni ishlab chiqarish chog‘ida mutaxassislar jamoasi barchasini «yangidan boshlash» imkoniyatiga ega bo‘lgan.

So‘nggi avlod Camry negiziga global miqyosdagi Toyota New Global Architecture (TNGA) modul platformasi olingan. Ushbu shassi ilk marotaba hozirgi Prius modelini ishlab chiqishda foydalanilgan edi. Keyinchalik, platformadan ixcham CH-R krossoverini ishlab chiqildi. 

Amerika bozori uchun ishlab chiqilgan Toyota Camry avvalgisidan birmuncha pastroq, ammo uzunroq bo‘lgan. Yangi avlod Camry uch xil: ikkita yangi benzinli dvigatel — 3.5 V6 va 2,5 litrli to‘rt silindrli agregat hamda 2.5 lik motor negizida ishlab chiqilgan gibrid dvigateli bilan ishlab chiqiladi. Ilk ikki rusumlisida 8 diapazonli yangi uzatmalar qutisi joylanadi. 

Elektron yordamchilar ro‘yxatiga, old to‘qnashuvdan ogohlantirish va piyodani tanish tizimi, moslashuvchan kruiz-nazorat, safni nazorat qilish tizimi, uzoq va yaqinni yoritish tizimiga avtomatik ravishda o‘tish, yon oynalarda ko‘rinmaydigan hududlarni kuzatish hamda orqaga harakatlanganda yaqinlashayotgan avtomobildan ogohlantirish tizimlari kiradi. 

Uning eng arzonida 10 ta xavfsizlik yostiqchasi bo‘lishi qayd etilgan. Shu bilan birga, 

model yangi Toyota Entune 3.0 multimedia tizimiga ega bo‘ladi. Ko‘ngilochar tizim modelning barcha to‘plami uchun bir xil bo‘ladi. Unda, navigatsiya tizimi, Wi-Fi nuqtasi bo‘ladi. Bundan tashqari, sedan JBL audiotizimi bilan ham jihozlanishi mumkin.

Yangi Toyota Camry sedanida proyeksiya displeyi va bort kompyuterining priborlar paneliga o‘rnatilgan 7 dyuymli ekrani ham bo‘ladi. 

Toyota Camry Shimoliy Amerikada shu yilning yozidan sotila boshlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: