O‘zbekistonda farmatsevtika industrial zonalari paydo bo‘ladi

Iqtisodiyot 21:52 / 06.01.2017 23208

O‘zbekistonda 4ta farmatsevtika industrial zonasi (FIZ) tashkil etish loyihasi taklif etilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.

Hujjatda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Boysun-farm», Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Bo‘stonliq-farm», Jizzax viloyatining Zomin tumanida «Zomin-farm» va Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida «Sirdaryo-farm» industrial zonalari tashkil etish nazarda tutilgan.
Qaror mahalliy xomashyolar asosida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, shu orqali aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.

Rejaga ko‘ra, bunday industrial zonalar muhlati keyin uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilanadi. Bu muddat davomida industrial zonalar hududida soliq va boj to‘lovlari imtiyozlari amalda bo‘ladi (investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga).

Ko‘proq yangiliklar: