Razer kompaniyasi uch ekranli noutbukni taqdim etdi

Fan-texnika 12:13 / 06.01.2017 8210

Amerikaning Razer kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida o‘zining yangi noutbuki loyihasini taqdim etdi. U uchta 17 dyuymli displey bilan jihozlangan. Loyiha Project Valerie deb ataldi.

Noutbukning og‘irligi 5 kilogramm. U ochilgach, ikkita qo‘shimcha displeyni turli tomonlarga surish hamda shu tariqa katta ekranga ega bo‘lish mumkin. Har bir displey IGZO texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lib, 4K kengligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ulardagi tasvir NVIDIA G-Sync texnologiyasi yordamida moslashtiriladi.

Noutbuk mexanik klaviatura, video xotirasi 8 gigabayt bo‘lgan NVIDIA GeForce GTX 1080 videokartasi, 32 gigabaytli operativ xotira, shuningdek, eng zamonaviy sovutish tizimiga ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, uch ekranli bu yangilik 6000 AQSh dollari atrofida baholanadi. Biroq Razer bunday noutbukni bozorga umuman chiqarmasligi ham mumkin ekan.

Ko‘proq yangiliklar: