O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida tadbirkorlar uchun seminar-trening tashkil etildi

Iqtisodiyot 11:06 / 05.01.2017 4081

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida seminar-trening o‘tkazildi. 

Anjumanda Sirdaryo viloyatidagi yosh tadbirkorlar, kollej bitiruvchilari, fermer ho‘jaliklari vakillari, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi mutasaddi xodimlari, viloyati “Yagona darcha” markazi mutaxassislari va O‘zsanoatqurilishbank  mutaxassislari qatnashdi. 

Tadbir doirasida “Yagona darcha” markazi faoliyati bilan bog‘liq masalalar, soliq sohasida va bank kredit xizmatlari bo‘yicha joriy qilingan imtiyozlar va qulayliklar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi hamda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan “Bilimli tadbirkor – loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi va kreditning o‘z vaqtida qaytarilishi garovi” deb alohida ta'kidlab o‘tildi. Ushbu maqsadlarda Bank tomonidan Sirdaryo viloyati tumanlarida tashkil etilgan “O‘zsanoatqurilishbank Maslahat markazlari” tadbirkorlarga hamda o‘z tadbikorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga tadbikorlik bilim va ko‘nikmalarini oshirishda zarur masalahatlari bilan hamda kredit mablag‘lariga talabini qondirishda yaqindan ko‘mak berishi anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.    

Reklama huquqi asosida.
 

 

Ko‘proq yangiliklar: