Ummonda birinchi marta ayol kishi politsiya boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Ummondagi politsiya uchastkasiga ilk marta ayol kishi rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Gulf News shu haqida xabar berdi.
Poytaxt Masqat shahridagi Vatayah politsiya uchastkasining yangi rahbari leytenant Shayxah bint al-Ashur Hambasiyah Ummonda ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol sifatida tarixga kirganidan baxtiyor ekani va bundan faxr tuyg‘usini his qilganini aytdi.
U barcha sohalarda muvaffaqiyatlarga erishish, yangi ish joyi hamda oila o‘rtasida muvozanat saqlash uchun imkon qadar harakat qilishini ma'lum qildi.
"Mening ishimni yaxshi tushunuvchi turmush o‘rtog‘im va oilam borligi tufayli ko‘p qiyinchiliklarni bartaraf qilishga muvaffaq bo‘ldim", - dedi u.
Shayxah Ummon qirollik politsiyasiga 1990 yilda qo‘shilgan. 1996 yilda u ayol ofitserlar uchun ajratilgan ilk o‘rinlarga da'vogarlik qilgan va natijada Masqat politsiyasida voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Keyinchalik u qirollik politsiyasining boshqa lavozimiga o‘tdi va oxir-oqibat Vayatah politsiyasining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Shayxah Ummondagi barcha ayol politsiyachilarni fidokorona xizmat qilish va ishda tashabbus ko‘rsatishga chaqirdi.
Mavzuga oid

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

11:20 / 12.02.2025
Qozog‘istonda politsiya xodimlari uch o‘zbekistonlikning pasportini olib qo‘ydi

13:03 / 18.01.2025
Ummon va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha korxona ta’sis etadi

22:10 / 07.12.2024