O‘sh meri telefon, bo‘yinbog‘ va soatsiz qoldi

Jamiyat 23:50 / 28.12.2016 18656

O‘sh meri Aytmamat Kadirbayev o‘tgan yildagi kabi talabalarga telefon, bo‘yinbog‘, soat va papkasini sovg‘a qildi. Bu haqda O‘sh ma'muriyati matbuot xizmati ma'lum qildi. 

27 dekabrda O‘shda yoshlar yangi yil bali o‘tib, unda 600 dan ko‘proq mehmon ishtirok etgan. Tadbir davomida Kadirbayev eng faol yoshlar – respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, prezident stipendiyalari sohiblari, respublika va xalqaro musobaqalarda faxrli o‘rinlar olgan sportchilarga sovg‘alar tuhfa qildi.  

Balda mehmonlar orasida intellektual, raqs tanlovlari va musobaqalar o‘tkazildi. Tanlovlar g‘oliblariga smartfon va planshetlar, yozuvchi Chingiz Aytmatov kitoblari berilgan.

Tanlovlardan birida ishtirokchilarga O‘sh haqida she'r to‘qish vazifasi berilgan. Aynan shu tanlov g‘oliblari merning telefon, bo‘yinbog‘, soat va papkasiga ega bo‘lishgan.

O‘tgan yilgi shunday tadbirda O‘sh meri "Agar mer bo‘lganimda nima qilardim?" tanlovi ishtirokchilarini o‘ziga xos tarzda mukofotlashga qaror qilgandi. Ishtirokchilardan har biri O‘sh muammosining o‘z yechimini taklif qilgan va mer ularga o‘z shaxsiy buyumlarini sovg‘a qilgan. O‘shandagi tanlovda ishtirok etgan yagona qiz esa merning shaxsiy yon daftarchasi bilan taqdirlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: