Tesla avtopiloti to‘qnashuvni oldindan ayta oldi

Fan-texnika 21:43 / 28.12.2016 7286

Tesla Model S elektrokari egalaridan biri internetga videoregistratorda olingan, mashina avtopilot tizimi yo‘ldagi to‘qnashuvni oldindan ayta olgan videoni joylashtirdi. Gap oldinda ketayotgan mashinalar to‘qnashishidan avval ishlagan shoshilinch to‘xtash funksiyasi haqida ketmoqda.

Avtomobil Niderlandiyadagi shosselardan birida 110 km/soat tezlik bilan ketayotgan bo‘lgan. Qandaydir lahzada mashina oldidan ketayotgan Opel xetchbeki o‘z oldida keskin to‘xtagan avtomobillarni aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq yo‘ltanlamasga urilgan.

"Tesla" avtopiloti to‘qnashuvdan ogohlantiruvchi signal berib, to‘qnashuv sodir bo‘lishidan avval to‘xtashni boshlagan. Vaholanki, videodan ko‘rinishicha, oldindagi xetchbek hattoki to‘xtashga ham urinmagan. Boshqacha aytganda, avtopilot "Opel" oldida to‘xtagan avtomobillarni go‘yoki uning orqasidan ko‘ra olgan.

Rolik muallifi avtomobili sentabrda taqdim qilingan Autopilot 8.0 tizimidan foydalanadi. Bu avtopilot dasturiy ta'minoti bo‘lib, 2014 yil oktabridan chiqarilgan va avtopilot uchun muayyan qurilma bilan jihozlangan "Tesla" modellari uchun mo‘ljallangan.  

Bu dasturning asosiy jihati tizimning old radari ishining yangi algoritmi bo‘ldi, bunda signal oldinda ketayotgan avtomobilni yon tomonlardan aylanib o‘tib, avtopilotga kamida bir mashina orqali ko‘rish imkonini beradi. 

2016 yil oktabrda Tesla avtonom boshqaruv tizimining yangi versiyasini e'lon qilgandi, u avvalgisidan yaxshiroq va xavfsizroq bo‘ladi. Barcha yangi "Tesla"larda 250 metr masofagacha obektlarni farqlay oladigan 8 ta aylanma ko‘rish kamerasi, qattiq va yumshoq obektlarni masofadan turib farqlay oladigan 12 ta yangilangan ultratovush datchigi hamda kuchli yomg‘ir, tuman va chang orqali ko‘ra oladigan radar qo‘llanadi.

Ma'lumotlarni qayta ishlash uchun avvalgi versiyasidan unumdorligi 40 marta oshadigan yangi kompyuter ishlatiladi. Yangi tizim markaning seriyali modellarida qachon paydo bo‘lishi ma'lum qilinmagan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: