Qozog‘istonda yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi. Respublika prezidenti Nursulton Nazarboyev tegishli farmonga imzo chekdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, Abdrahmanov Qayrat Qudaybergenovich Qozog‘iston Respublikasining yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Amaldor mamlakatning BMTdagi doimiy vakili vazifasidan ozod etilgan.
Shuningdek, milliy iqtisodiyot vazirligiga ham yangi rahbar tayinlandi. Bu lavozimda Timur Suleymanov ish boshladi.