Forbes 2017 yil sayohat uchun arzon yuradigan davlatlar ro‘yxatini e'lon qildi

Jahon 14:00 / 28.12.2016 18290

Amerikaning Forbes jurnali 2017 yilda hordiq chiqarish uchun eng arzon bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini e'lon qildi. Unda 21 davlat nomi tilga olingan.
Birinchi o‘rinni Shimoliy Vetnam egalladi. U yerdagi xususiy sektorda yashash uchun bir kechaga o‘rtacha 10-15 dollar, taom uchun esa 0,5-2 dollar sarflanadi. Jamoatchilik transportiga ketadigan mablag‘ni tejash maqsadida ijaraga mototsikl olish tavsiya etiladi.

Qirg‘iziston ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni band etdi. Jurnalning fikricha, cheklangan mablag‘ga ega sayyohlar uchun mamlakat eng munosib hisoblanadi. Xususiy sektorda istiqomat qilish bir kecha uchun 15 dollarga, ovqatlanish esa 2 dollarga aylanadi.

Ro‘yxatga, shuningdek, Lissabon (Portugaliya), Seul (Janubiy Koreya), Buxarest (Ruminiya), Keyp-Poynt (Janubiy Afrika), Krit (Gretsiya), Palavan (Filippin), Berli Xeds (Kvinslend, Avstraliya), Portu (Portugaliya) ham kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: