Alisher Usmonov Alibaba'dagi ulushini sotib yubordi

Iqtisodiyot 20:47 / 28.12.2016 21048

Biznesmen Alisher Usmonov Xitoy internet-riteyleri bo‘lgan Alibaba'dagi ulushini sotganini ma'lum qildi. Bu haqda Alisher Usmonov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Qachonlardir biz Facebook'ga "bay-bay" qilgandik, endi esa Alibaba'ga "bay-bay" qildik. Biroq biz Xitoydagi o‘zimiz tashkil qilgan texnolgiya fondida ko‘plab aktivlarga egamiz. JD.com, Xiaomi va boshqa ikki-uchta Xitoy kompaniyasida ulushimiz bor. Biz bu sarmoyalarni juda qadrlaymiz. IPO'ga endigina kelayotgan kompaniyalarning rivojlanishdagi keyingi bosqichga chiqishini kutamiz", – dedi Usmonov. 

Ko‘proq yangiliklar: