2016 yilda dunyodagi eng badavlat kishilarning boyligi 237 milliard dollarga ko‘paydi

Iqtisodiyot 14:21 / 28.12.2016 8140

Dunyoning eng badavlat kishilarining mablag‘i 2016 yilda 5,7 foiz (yoki 237 milliard dollar)ga ko‘paydi hamda 4,4 trillion dollarni tashkil qildi. 

Bloomberg agentligining yozishicha, sayyoraning eng badavlat kishilari AQSh va Yevropadagi ba'zi siyosatchilarning g‘alabasidan faqatgina foyda ko‘rishgan. Ularning umumiy boyligi yil davomida keskin o‘zgarib turdi.

Bunday holat Xitoyning joriy yil boshidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari, Buyuk Britaniyada Yevropa ittifoqidan chiqish borasidagi referendum va AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozongani bilan bog‘liq. 

Pul mablag‘larining o‘sish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rin Uorren Baffettga nasib etdi: uning boyligi Trampning g‘alabasidan so‘ng 11,8 milliard dollarga ko‘paydi.

Ascent Private Capital Management prezidenti Maykl Koulning ma'lum qilishicha: «Tramp tomonidan AQSh iqtisodiyotining katta qismini qattiq nazoratda ushlab turish tizimini yengillashtirilishi bozorlarga ayni kunda ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda».

Ko‘proq yangiliklar: