O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar faollashadi

Iqtisodiyot 17:48 / 27.12.2016 9987

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga yetakchi o‘zbek korxonalari vakillari tashrif buyurdi. Uning doirasida 26 dekabr kuni Tojikiston savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Saidning Dushanbe shahridagi «Zavod NVA» qo‘shma korxonasi tijorat direktori Aleksandr Krayushkin, «Dur Qushbegi Biznes» kompaniyasi direktori Xoliyor Holiqnazarov, «SHAMS» XK direktori Shamsiddin Qosimov, «Mahsus Ish Kiyim» korxonasi savdo va marketing bo‘yicha menejyeri Davron Abdusattorov va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyat boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Dilshod Mengliyev bilan uchrashuvi o‘tkazdi.

«Bizda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun ko‘plab imkoniyatlar bor», - deya ma'lum qildi Sharif Said.

Tojikiston Savdo-sanoat palatasi yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish va tojik-o‘zbek savdo-iqtisodiy munosabatlariga yo‘naltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqishda ko‘mak berishga tayyor ekanligi ma'lum qilindi. 

Sharif Saidning ta'kidlashicha, “Biz munosabatlarimizni nafaqat amaliy ishlar darajasida, balki tajriba va ma'lumot alishish orqali ham yaxshilash niyatidamiz».

Ko‘proq yangiliklar: