Yilning eng oson ta'mirlanuvchi smartfonlari nomi e'lon qilindi

Fan-texnika 19:13 / 27.12.2016 14428

iFixit resursi smartfonlarning eng tez ta'mirlanuvchi flagman modellari reytingini tuzib chiqdi. Ekspertlar flagmanlarning qaysi biri 2016 yilda oson ta'mirdan chiqqanini ma'lum qilishdi. 

LG G5 smartfoni reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Ekspertlar uning batareyasi va boshqa modul komponentlarini mavjud 10 balldan 8 ballga munosib ko‘rishdi. LG G5 SE qurilmasi LG G5'dan faqat protsessori va operativ xotira sig‘imi bilan farqlanar ekan, uni ham reytingning yetakchisi deb hisoblash mumkin. 

Ikkinchi o‘rinda – Google Pixel va Pixel XL. Ekspertlar smartfonlar komponentining aksariyat qismi - alohida modullar ekanini ta'kidlashdi. Qurilmalar ularni ekranga ziyon yetkazmay ochish qiyin bo‘lganligi uchungina 10 balldan 7 ballga ega bo‘lishdi. 

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar Apple qurilmalariga tegishli. Yetakchilar uchligiga 7 ball natija bilan iPhone 7 va 7 Plus smartfonlari yakun yasadi. Ekspertlar ekran va batareyani almashtirish oson ekanligi, biroq buning uchun 4 xil asbob talab qilinishini ta'kidlashdi. Bir pog‘ona pastda 6 ball natija bilan iPhone SE qurilmasi o‘rin egallagan: uning ekran va batareyasini almashtirish qiyin emas, lekin ta'mirlash jarayonida Touch ID kabeliga zarar yetishi mumkin.

Beshinchi o‘rin - bu yil katta muhokamalar mavzusiga aylangan Samsung Galaxy Note 7. Model bozordan qaytarib olindi, shunday bo‘lsa-da, ekspertlar unga 10 balldan 4 ball berishdi. Komponentlarning aksariyati modul, lekin uning batareyasini almashtirish qiyin bo‘lardi. 

Reytingga Samsung Galaxy S7 va S7 edge yakun yasaydi. Ularda ham ko‘p komponetlar modul, biroq smartfonlarni ta'mirlash ancha qiyinchilik tug‘diradi.

Ko‘proq yangiliklar: