K-seriyadagi to‘rt yangi smartfon, shuningdek Stylus3modeli o‘rtacha narxdagi qurilmalar mashhurligi oshib borayotgan sharoitlarda taqdim etildi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES®2017 (Consumer Electronics Show-2017) ko‘rgazmasida o‘rtacha narx segmentidagi K-seriyali to‘rt yangi model va Stylus3 smartfonini namoyish qildi. Yangi qurilmalar 120 darajali tasvir burchagiga ega keng burchakli old kamera va orqa paneldagi barmoq izlari skaneri kabi flagman modellarning taniqli va eng yaxshi texnologiyalarini taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan.
LG’ning bir qator K-seriyali qurilmalari turli iste'molchilarga turli funksiyalar kerakligi to‘g‘risidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. LG mutaxassislari bir modelni ishlab chiqarib, unga iste'molchilarning ko‘nikishini poylashning o‘rniga foydalanuvchilarning turli xil ehtiyojlarini inobatga oluvchi butun bir seriyani ishlab chiqarishdi.
K10 smartfoni 5,3 dyuymli, In-cellTouch texnologiyasini qo‘llovchi HD-displey bilan ta'minlangan, bu nafaqat inshoot ichida, balki uning tashqarisida ham ajoyib tasvir sifatini yetkazib beradi. 5 megapikselli old kamera asosiy, bundan avval G-seriya smartfonlarida qo‘llangan 13 megapikselli kamerani a'lo darajada to‘ldirib turadi. Odatda o‘rtacha narxdagi qurilmalarda kuzatilmaydigan funksiyalar orasida barmoq izlari skaneri, 7,9 mm'li yupqa va mustahkam korpus uchun asos bo‘lib xizmat qilgan “U” harfi shaklidagi metall ramka va botiq 2,5 D-shishani alohida qayd etish mumkin.
K8 smartfoni 5 dyuymli HD-displey va In-cellTouch texnologiyasi bilan ta'minlangan. Surat va videolarning yuqori sifatini 5 megapikselli old va 13 megapikselli asosiy kameralar ta'minlaydi. Model foydalanuvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan avtoselfi va qo‘l ishorasi bilan tasvirga olish funksiyalariga ega. Avtoselfi rejimi kadrdagi yuzni suratga olishda old kamera funksiyasini avtomat ravishda faollashtiradi, qo‘l ishorasi bilan tasvirga olish funksiyasi esa tegishli qo‘l ishorasidan keyin tugmaga bosmasdan selfi qilish imkonini beradi.
K4 modelida In-cellTouch texnologiyali 5 dyuymli displey, shuningdek 5 megapikselli old va asosiy kamera o‘rnatilgan. K4 smartfoni yupqa korpusi va 2 500 mAch'li olinuvchi akkumulyatori hamda qurilma xotirasini uzaytirishga imkon beruvchi micro SD kartaga mo‘ljallangan slot bilan diqqatga sazovordir.
Qurilmalar orasidagi eng ixcham K3 smartfoni On-cellTouch texnologiyali 4,5 dyuymli displey, 5 megapikselli asosiy va qo‘l ishorasi orqali tasvirga olish funksiyasiga ega 2 megapikselli old kamera bilan ta'minlangan. micro SD xotira kartasi uchun slot va 210 mAch akkumulyatorga ega K3 foydalanuvchiga o‘rta narxdagi boshqa smartfonlarda bo‘lmagan ko‘plab funksiyalarni taklif etadi.
LG kompaniyasi ilk marta ommaga Stylus smartfonlarining uchinchi avlodi — o‘rtacha narxdagi eng yangi versiya LG Stylus’ni taqdim etadi (AQShda Stylo nomi ostida taqdim etiladi). Stilus 1,8 mm radiusli optik tolali uchi tufayli oddiy ruchkada yozayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Shu bilan birga LG Stylus3 barmoq izlari skaneri, PenPop 2.0 ilovali takomillashtirilgan interfeys hamda mashhur PenKeeper va Screen-offMemo bilan ta'minlangan. PenPop 2.0 bilan sizning eslatmalaringiz hech qachon yo‘qolmaydi – tegishli sozlamalar tanlanganda ular har safar stilusni korpusdan olganingizda ekranda namoyon bo‘ladi. PenKeeper funksiyasi stilus qurilmadan uzoqlashib ketsa, bu haqida displeyda ogohlantiradi. Screen-offMemo esa hattoki telefon o‘chiq vaqtida ham ekranda eslatmalarni kiritishga imkon beradi.
«Bizning o‘rta narx tasnifidagi smartfon modellarimiz 2017 yilda ham iste'molchilarga ularning hayot tarziga mos qurilmalarni tanlashning keng imkonini taqdim etadi, - deya ta'kidladi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi prezidenti Juno Cho. - K-seriya va Stylus3 o‘zining tashqi ko‘rinishi hamda ularni qo‘llashdan olinadigan hissiyotlari bilan premium toifali qurilmalardek qabul qilinadi, ularda foydalanuvchi mazkur kategoriyali smartfonlar xaridi paytida asosiy omil deb hisoblagan hamma narsa, jumladan olinuvchi akkumulyatorlar va xotira kartasi uchun slot ham bo‘ladi».
Modellar nomi va ularning texnik xususiyatlari bozorga qarab farqlanishi mumkin. Modellarning sotuvga chiqish vaqtiga doir ma'lumot har bir mamlakatda alohida e'lon qilinadi. CES ko‘rgazmasi mehmonlari LG’ning eng yangi qurilmalarini kompaniya stendida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi (LasVegas Convention Center paviloni, 11100-stend, markaziy zal).
K10’ning asosiy xususiyatlari:*
- Protsessor: sakkiz yadroli 1,5GGts (MT6750)
- Displey: 5,3dyuym HDIn-cellTouch (1280x720/277)
- Xotira: 2Gb LPDDR3RAM/16 yoki 2GbeMMCROM/microSD (2Tb’gacha)
- Kamera: old5Mp (keng burchakli) / asosiy13Mp (standart)
- Akkumulyator: 2800 mAch (olinuvchi)
- Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat
- Hajmi: 148,7x75,3x7,9mm
- Vazni: 142g
- Tarmoqlar: LTE/3G/2G
- Ulanish: Wi-Fi (802.11b,g,n) / Bluetooth 4.2 / USB 2.0
- Rang: qora/titan/tilla rang
- Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri
K8’ning asosiy xususiyatlari:
- Protsessor: to‘rt yadroli 1.4 GGts (MSM8917)
- Displey: 5,0 dyuym HDIn-cellTouch (1280 x 720 / 294)
- Xotira: 1,5 Gb LPDDR3 RAM / 16 Gb eMMCROM / microSD (32 Gb’gacha)
- Kamera: old 5 Mp/asosiy 13 Mp
- Akkumulyator: 2500 mAch (olinuvchi)
- Operatsion tizim:Android 7.0 Nougat
- Hajmi:144,8x72,1x8,09 mm
- Vazni:142 g
- Tarmoqlar: LTE/3G/2G
- Ulanish:Wi-Fi (802.11b,g,n)/Bluetooth 4.2/USB 2.0
- Rang:kumush rang/titan/tilla rang/to‘q ko‘k
K4’ning asosiy xususiyatlari:
- Protsessor: to‘rt yadroli 1,1 GGts (MSM8909)
- Displey:5,0 dyuym FWVGA In-cellTouch (854x480/196)
- Xotira:1 GbLPDDR3RAM/8GbeMMCROM/microSD(32Gb’gacha)
- Kamera: old 5Mp/asosiy 5 Mp
- Akkumulyator: 2500 mAch (olinuvchi)
- Operatsion tizim: Android 6.0.1 Marshmallow
- Hajm: 144,76 x 72,6 x 7,9mm
- Vazn: 135 g
- Tarmoqlar: LTE/3G/2G
- Ulanish: Wi-Fi (802.11b,g,n) / Bluetooth4.1 / USB2.0
- Rang: qora /titan
K3’ning asosiy xususiyatlari:
- Protsessor: to‘rt yadroli 1,1 GGts (MSM8909)
- Displey:4,5dyuym FWVGA On-cellTouch (854x480/218)
- Xotira:1GbLPDDR3RAM/8GbeMMCROM/microSD(32Gb’gacha)
- Kamera: old 2 Mp/asosiy 5 Mp
- Akkumulyator: 2100 mAch (olinuvchi)
- Operatsion tizim: Android 6.0.1 Marshmallow
- Hajm: 133,9x69,75x9,44 mm
- Vazn: 132 g
- Tarmoqlar: LTE/3G/2G
- Ulanish: Wi-Fi (802.11b,g,n)/Bluetooth4.1/USB2.0
- Rang: qora
Stylus3’ning asosiy xususiyatlari:
- Protsessor: sakkiz yadroli 1,5 GGts (MT6750)
- Displey:5,7 dyuym HD In-cellTouch (1280x720/258)
- Xotira: 3GbLPDDR3RAM/16GbeMMCROM/microSD(2Tb’gacha)
- Kamera: old 8Mp/asosiy 13 Mp
- Akkumulyator: 3200 mAch (olinuvchi)
- Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat
- Hajm: 155,6x79,8x7,4 mm
- Vazn: 149 g
- Tarmoqlar: LTE/3G/2G
- Ulanish: Wi-Fi (802.11b,g,n)/Bluetooth 4.2/USB 2.0
- Rang: titan/pushti tilla
- Qo‘shimcha: stilus/FM-radio/barmoq izlari skaneri
LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi haqida
LG ElectronicsMobileCommunications kompaniyasi — innovatsion texnologiyalar va dizayn bilan ajralib turuvchi smartfonlar hamda olib yuriladigan qurilmalar ishlab chiqarish standartini belgilovchi dunyo yetakchilaridan biri. LG displeylar, akkumulyatorlar, optikalar ishlab chiqarish va LTE aloqa standarti sohasidagi yuqori raqobatbardosh asosiy texnologiyalarni doimiy taraqqiy ettirib, butun dunyodagi keng qamrovli kishilarning talabiga javob beruvchi smartfonlar va olib yuriluvchi qurilmalar yaratadi. LG kompaniyasi smartfonlarning odatiy funksionallik doirasidan chiqib, iste'molchi imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qiladi. Kompaniya iste'molchilarga o‘z qurilmalaridan qo‘shimcha sa'y-harakatlarsiz maksimal darajada foyda olishlari uchun imkon yaratadi. Batafsil ma'lumot olish uchun, marhamat qilib, kompaniyaning veb-saytiga tashrif buyuring: http://www.lg.com.
LG internetda:
Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz
Reklama huquqi asosida