«PSJ» «Volfsburg» yarim himoyachisini xarid qildi

Yulian Draksler «Volfsburg» futbol klubini rasman tark etdi. U «PSJ» bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Bu haqda «bo‘rilar» sayti xabar berdi. Transfer qiymati ma'lum qilinmagan.
«Biz Draksler, uning vakillari va «PSJ» rahbariyati bilan so‘nggi bir necha kun davomida muzokaralar olib bordik. Natijada barcha tomonlar uchun juda ham yaxshi kelishuvga erishildi», - deya aytib o‘tdi nemis klubining sport direktori Olaf Rebe.
Ma'lumot uchun, futbolchi «Volfsburg»da 2015 yildan boshlab to‘p surgan hamda 34 uchrashuvda 5 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid

20:59 / 29.07.2023
«Lans» Germaniyada durang qayd etgan bahsda Abduqodir Husanov debyutini o‘tkazdi

21:16 / 06.04.2019
Bundesliga. «Bayyer»ni mag‘lub etgan «RB Leypsig» uchinchi o‘ringa ko‘tarildi va boshqa natijalar

20:59 / 28.04.2018
Bundesliga. «Bavariya» yoshlar tarkibi bilan yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Kyoln» ligani tark etdi

23:27 / 30.09.2017