Dubay politsiyasi yangi Crime Prediction dasturiy ta'minotiga ega bo‘ldi, u katta ehtimol bilan kelajakda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar joyini oldindan bashorat qila oladi.
Bu BAAdagi Smart Governance tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan birinchi dasturiy ta'minotdir.
Crime Prediction politsiyadan olingan xabar asosida jinoyatni sodir etish modellari va ma'lumotlarni murakkab algoritmlardan foydalanib, tahlil qiladi va kelajakda qayerda jinoyat ro‘y berishi mumkinligi borasida aniq natijalarni ko‘rsatadi.
Tizim ishlab chiqaruvchisi Space Imaging Middle East (SIME) kompaniyasi rahbari Muhammad Al-Kadiy u uchun Dubay politsiyasi bilan hamkorlik qilish katta sharaf ekanini aytdi.
Bu Dubay politsiyasining yangi texnologiyalarga birinchi marta murojaat qilishi emas.