Nokia patent huquqlarining buzilishi yuzasidan Apple'ni sudga berganidan keyin korporatsiya o‘zining internet-do‘konlaridan fin kompaniyasiga tegishli Withings brendining barcha aksessuarlarini olib tashladi. Shuningdek marka mahsulotlari Apple'ning butun dunyodagi chakana savdo do‘konlaridan ham olib tashlandi. Bu haqida AppleInsider xabar berdi.
Withings innovatsion texnika ishlab chiqaruvchisi sifatida mashhur. Manbada yozilishicha, Apple o‘z do‘konlaridan markaning "aqlli tarozilari" (Smart Body Analyzer va Body Cardio Scale), arterial qon bosimining simsiz monitorlari (Wireless Blood Pressure Monitor)ni yo‘qota boshladi. Apple kompaniyasining rasmiy saytida bu mahsulotlar ro‘yxatdan olib tashlangan.
Bu 21 dekabrda Nokia'ning Germaniya va AQShda Apple'ga qarshi ish ochishi bilan izohlanadi. Fin kompaniyasi iPhone ishlab chiqaruvchisini 32 patentni buzishda aybladi. Apple, o‘z navbatida, 9 patent xoldingi va Nokia'ning o‘ziga qarshi da'vo arizasi bilan chiqdi - u bu tashkilotlarni fin kompaniyasi bilan "katta daromadlar undirish" maqsadida hamkorlik qilayotganini ta'kidladi. Bunga javoban Nokia ertasi kuniyoq brendga qarshi navbatdagi da'vo ishini yo‘lladi.
Nokia 2016 yilning bahorida Withings'ni 192 million dollarga xarid qilgan. Kompaniya bu markani Withings'ning sobiq bosh direktori Sedrik Xadchings boshqaruvchi Digital Health bo‘limiga integratsiya qildi.