«O‘zbektelekom» Kun.uz'da chiqqan tanqidiy maqolaga javob xati yo‘lladi

Fan-texnika 09:14 / 24.12.2016 48737

Shu yil 21 dekabr kuni saytimizda «Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?» sarlavhasi ostida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. Unda, internet provayderlik xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniya faoliyatiga oid ayrim nuqsonlar haqida so‘z borgandi. «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi ushbu maqola yuzasidan tahririyatimizga tushuntirish maktubi yo‘llab, internet xizmatidagi nuqsonlar turli omillar bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga oydinlik kiritgan. Mazkur xatni siz o‘quvchilarga o‘z holicha havola qilishga qaror qildik!

Hurmatli KUN.UZ tahririyati!

 «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimizda AKT rivoji to‘g‘risida  materiallar e'lon qilib borayotganingiz, jumladan, telekommunikatsiya va Internet tarmoqlarining rivoji va abonentlarning internet tarmog‘iga ulanishidagi muammolar haqidagi tanqidiy  materiallar uchun Sizga minnatdorchilik bildiradi.

Joriy yilning 21 dekabr kuni www.kun.uz saytida «Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?» sarlavhasi ostida e'lon qilingan tanqidiy maqolani kompaniya rahbariyati va texnik xizmati mutasaddilari diqqat bilan o‘rganib chiqdilar.

 Biz xizmatlarimiz sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan konstruktiv tanqidga juda ijobiy yondashamiz, shu sababli mazkur maqola materiallari abonentlarga xizmat ko‘rsatish va tarmoqqa kengpolosali ulanish sifatini yaxshilash maqsadida kompaniya mutaxassislari va texnik xizmati xodimlari tomonidan har tomonlama o‘rganildi.
Sizning tarmoq nashringiz orqali kompaniya abonentlari bilan muloqot sifatida zamonaviy texnologiyalar yordamida Internetga ulanish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ayrim masalalarga oydinlik kiritamiz. Internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar o‘ta murakkab dasturiy-apparatli komplekslarni o‘z ichiga oladi, ularning ishiga ko‘plab qator holatlar, obektiv va sub'yektiv sabablar ta'sir ko‘rsatadi. Bu xizmat ko‘rsatayotgan provayder uskunalari va dasturiy ta'minotlar, “oxirgi nuqta” deb ataluvchi abonentlargacha ma'lumotlar uzatishni amalga oshiruvchi telekommunikatsiya tarmoqlari va albatta, xizmatdan foydalanuvchi abonentning o‘z shaxsiy uskunalari hamda imkoniyatlaridir. 

 «Mijoz emas, «Uzonline» har doim haqmi?» maqolasida muallif tezlik faqat provayderga bog‘liqligi va shartnomada qayd etilgan tezlik (oferta)da ko‘rsatilishi kerakligi haqida yozgan. Biz mazkur holatga oydinlik kiritishni xohlardik. Umumiy jihatdan, kengpolosali tarmoq xizmatlariga ulanish tezligi va sifati  bilan bog‘liq muammolarni ko‘rib chiqmoqchimiz.  

 Faqat provayderga bog‘liq ko‘rsatkichlar:

— provayder kanallarida yuklamalar ko‘pligi;
—  provayderning bog‘lamalar va sizning uyingizdagi uskunalari sifati;
— kabel sifati va uning xonadoningizga bolxona/yerto‘ladan tortib ulanishi(birlashtirilishi);
— provayder tomonidan ijaraga berilgan tarmoq uskunalarining sifati.

Faqat abonentga bog‘liq ko‘rsatkichlar:

— abonentga tegishli bo‘lgan (router, qurilmalardagi tarmoq adapterlari) xonadondagi tarmoq uskunalarining sifati;
— abonent xonadonida ta'mirlash davrida o‘tkazilgan kommunikatsiyalar (kabel, internet-rozetkalar, kabellarni ulanishi) sifati;
— abonent kompyuteri (noutbugi, plansheti, smartfoni) ko‘rsatkichlari – masalan, Wi-Fi 802.11n standarti noutbuk adapteri Wi-Fi ni qo‘llab-quvvatlashi;
— Internet tezligiga faol ta'sir ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot mavjudligi – masalan, antivirus yoki ishlaydigan torrent-mijoz;
— kompyuterda yashirin zarar keltiruvchi dasturlar (viruslar, troyanlar) mavjudligi.

Ma'lum bir saytlar kontentiga ulanish tezligi pasayishining xosting sifati, u yoki bu resurs kanaliga ulanishni o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq bo‘lgan yana bir umumiy sababi mavjud. Bundan tashqari, O‘zbekistonda u yoki bu provayderga tegishli ayrim portal va saytlar (ichki resurslar) raqobatdosh provayder abonentlari uchun ulanish tezligini sun'iy ravishda cheklaydi yoki umuman ularga ulanish imkoniyatini yopadi.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan muntazam ravishda, butun mamlakatimiz bo‘yicha telekommunikatsiya tarmoqlarining to‘la miqyosli modernizatsiyasi amalga oshirilmoqda. Doimiy ravishda O‘zbekistonda provayderlar uchun tashqi kanal kengaytirilib, provayderlar uchun  Internet tarmog‘iga ulanish narxi  2016 yil davomida 1 Mbit/s uchun $157,60 dan $91,50 gacha 42 foizga tushirildi, UZONLINE abonentlari uchun tashqi Internet kanal tezligi ikki barobarga oshirildi. 

Bugungi kunda, muntazam ravishda abonentgacha misli ulanishni yanada ishonchli optik-tolali aloqa liniyalari bilan almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Faqatgina Toshkent shahrida FTTB texnologiyasi bo‘yicha  6 mingta ko‘p qavatli va xususiy uylar ulangan. www.uzonline.uz saytidagi «Xizmatlar va tariflar» bo‘limida manzillari bilan batafsil ma'lumotlar taqdim etilgan.

Kompaniya tomonidan abonentlar talab va ehtiyojlarini qondirish, ularga qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilda quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan 2016 yil 1 avgustdan 2016 yil 30 sentabrgacha  “Life” tarif rejalaridagi abonentlarga kirish trafigi yuqori chegarasining 25 foizi miqdorida bonus berish hamda 2016 yil 16 avgustdan 2016 yil 10 sentabrgacha soat  00:00 dan 12:00 gacha  2 Mbit/s tezlikda “Night Unlim-25”  bepul qo‘shimcha xizmatini berish bo‘yicha aksiya o‘tkazildi.

FTTx texnologiyasi bo‘yicha bir vaqtda ikki va undan ortiq keng polosali xizmatlariga ulangan yangi va mavjud abonentlarga “Homegeteway” terminal uskunasini bepul taqdim etish» aksiyasi 2016 yilda davom ettirildi. 

“O‘zbektelekom” AK Toshkent shahrida GPON texnologiyasi bo‘yicha terminal uskunalari taqdim etilishi bo‘yicha “Echo Life” aksiyasini e'lon qildi. Aktsiya ishtirokchilariga Kompaniya hisobidan 200 metrgacha optik kabel va 3 oydan 5 oygacha imtiyozli tariflar asosida Internet xizmati taqdim etilmoqda.
2016 yil bir vaqtda amaldagi tarif rejalarining narxi doirasida 1 MB trafik narxi tushirilishi bilan Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha  quyidagi choralar amalga oshirildi:

- jismoniy shaxslar uchun Internetga ulanish tezligi ommaviy tarif rejalari  bo‘yicha 1,5-2 marta oshirildi, kiritilgan trafik 10 foizga oshirildi, cheklanmagan trafik tarif rejalari  trafikning  boshlang‘ich limiti 11-20 foizga oshirildi;

- Internet va Tas-IX tarmog‘iga ulanish tezligi , kiritilgan trafik hajmi  1 MB haqi to‘langan trafik narxiga nisbatan yuqori tezlik bilan farq qiladigan “RUN” seriyasi tarif rejalari kiritildi;

- tashqi  Internetga cheklanmagan trafik bilan qo‘shimcha «NIGHT UNLIM» va «24 UNLIM» xizmatlari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi bayramining nishonlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida «O‘zbektelekom»  aksiyadorlik kompaniyasi  kengpolosali Internet xizmatiga ulanish trafigi hajmi va tezligining oshishi haqida e'lon qildi. 2016 yil 1 dekabrdan jismoniy shaxslar uchun:

- «Life» («Life 4», «Life 5» va «Life 6») seriyasi tarif rejalari ko‘rib chiqildi va kirish trafigi yuqori chegarasi limiti 1,5 marta hamda limitdan keyingi tezlik 2 barobarga oshirildi;

- kirish trafigi yuqori chegarasi cheklanmagan “Life plus”  va Internet tarmog‘iga ulanish tezligi kunu tunning turli vaqtlarida o‘zgaradigan “Life time”  tarif rejalari amalga kiritildi;

www.uzonline.uz saytida «texnik qo‘llab-quvvatlash» bo‘limida  mijozning kompaniya xizmatlaridan foydalanishi oson bo‘lishi uchun internetga ulanishni tashkil etish va sozlash, modem, router va boshqa abonent qurilmalarini o‘rnatishni sozlash haqida dolzarb ma'lumotlar berib borilgan.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini va kompaniya abonentlarini mamlakatimiz sharoitlarida samarali ishlay oladigan zamonaviy, ishonchli qurilmalar bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida, “O‘zbektelekom”   aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya uskunalari va dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi jahonning yetakchi korxonalari ishtirokida qator qo‘shma korxonalarni tashkil etdi. Mazkur korxona mahsulotlari telekommunikatsiya tarmoqlarida, “O‘zbektelekom”  AK  abonentlari tomonidan keng foydalaniladi hamda kengpolosali multiservis xizmatlarini (IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikka ega Internet, ma'lumotlar uzatish, HDTV kanallarini tomosha qilish imkoniyati va boshqalar) ko‘rsatish imkonini beradi.

Butun mamlakatimiz mintaqalarida “O‘zbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha foydalanuvchilarning so‘rovlariga tezkor javob berish maqsadida, Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazini joriy etish loyihasi doirasida, shuningdek, davlat organlari va xo‘jalik sub'yektlari ehtiyoji uchun 13 ta koll-markaz tashkil etildi. Mazkur choralar ko‘rsatilayotgan telefon va Internet xizmatlarini yuqori darajada sifatini ko‘tarishga xizmat qiladi. Abonentlarga qulaylik yaratish uchun 2014 yil 1 dekabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab «Call-centre» xizmati 1084 – yagona telefon raqami kiritildi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda kechayu kunduz rejimida 280 dan ortiq nafar operatorlar abonentlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Call-markaz operatorlari maxsus o‘quv kurslarida malakalarini oshiradilar hamda yuklamalar oshishiga mutanosib ravishda, ularning soni ham oshirilib boriladi.

Abonentlar murojaatlari bilan ishlash kompaniya faoliyatining hamda O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari va  kommunikatsiyalarining rivojlanishi bo‘yicha eng muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Aynan shuning uchun 2016 yil noyabr oyida www.uztelecom.uz kompaniya saytida «Onlayn qabulxona» maxsus bo‘limi tashkil etildi, uning vositasida har bir abonent onlayn rejimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya rahbariyatiga yoki abonentlarga xizmat ko‘rsatilishi masalalariga bog‘liq har qanday savol bo‘yicha murojaat etishi mumkin.

Biz kompaniya abonentlarini o‘z muammolari bo‘yicha, shikoyat va takliflari bilan kompaniya «onlayn qabulxona»siga,  kunu tun ishlaydigan Sall-markaz bepul telefon raqamlari “1084” yoki  kompaniyaning quyida ko‘rsatilgan http://uzonline.uz/ru/contacts/offices/ manzilida  joylashgan 160 dan ortiq UZTELECOM savdo ofislari istalganiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishlarini so‘rardik.

Abonentlarimizga sifatli xizmat taqdim etish va barcha masalalarni darhol tezkor hal etish tarafdorimiz. 

 

Ko‘proq yangiliklar: