Xitoy hududlarni rivojlantirishga 22 milliard dollar ajratadi

Iqtisodiyot 17:24 / 24.12.2016 5443

Xitoy moliya vaziri Syao Tszening ma'lum qilishicha, moliya mahkamasi mamlakatning orqada qolayotgan hududlarini rivojlantirish uchun 154 milliard yuan (22 milliard dollar) miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.

Aniqlashtirilishicha, ushbu pullar hududlarga qashshoqlik bilan kurash, etnik mojarolar oldini olish, chegara atrofidagi nazoratni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

Ma'lumot uchun, Xitoy hukumati 2016 yilda hammasi bo‘lib 3,5 milliard yuanlik hududlararo transfertlarni amalga oshirgan.
 

Ko‘proq yangiliklar: