AQShda samolyot Samsung Note 7 tufayli favqulodda qo‘nishiga bir bahya qoldi

Fan-texnika 20:13 / 23.12.2016 8391

Virgin America aviakompaniyasining San-Frantsiskodan Bostonga yo‘l olgan tungi reysi salonda «Samsung Galaxy Note 7_1097» nomli Wi-Fi kirish nuqtasi topilgani sababli favqulodda qo‘nishiga bir bahya qoldi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Yo‘lovchi Lukas Voysexovski noutbukini yoqqanida Wi-Fi nuqtasini topgan. U joylashtirgan suratda samolyot bortida Samsung Galaxy Note 7’ni olib o‘tish taqiqlangani haqidagi qonunga shama qilgan.

Parvoz vaqtidan bir soat o‘tib Galaxy Note 7 egasiga «bort kuzatuvchini chaqirish tugmasini bosish» haqidagi murojaat bilan chiqishdi. Yo‘lovchilardan hech kim bunda o‘z aybini tan olmagan va ekipaj a'zolaridan biri eng qat'iy choralar ko‘rilishi haqida ma'lum qilgan: “Bu hazil emas, biz hozir chiroqni yoqib smartfon topilmaguncha, hammani tekshiramiz”.

Biroq bu ham yordam bermagan. Layner Vayoming aeroportida favqulodda qo‘nishi haqida xabar berilgach, smartfon egasi ham topildi.

Aniqlanishicha, u simsiz ulanish nomini o‘zgartirgan, xolos. Aslida esa unda boshqa turdagi smartfon bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, ayni damda Galaxy Note 7 sotuvdan olingan va dunyodagi eng yirik aviakompaniya samolyotlarida olib o‘tilishi taqiqlangan.
 

Ko‘proq yangiliklar: