Dunyoning eng xavfli shahrida 5 kishi otib ketildi

Foto: El periodismo necesita inversión. Para compartir esta nota utiliza lo
Dunyoda eng xavfli shahar hisoblanuvchi, Hondurasdagi San-Pedro-Sula shahri ko‘chalaridan birida 5 kishi otib tashlandi, deb xabar bermoqda El Heraldo nashri.
Ta'kidlanishicha, qotillik kunduzi sodir etilgan. Noma'lum shaxslar Kalashnikov avtomatidan odamlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda 5 kishi – 4 erkak va bir ayol halok bo‘lgan.
Jinoyat sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
San-Pedro-Sula shahri sayyoradagi eng xavfli aholi punkti hisoblanadi, bu yerda 100 ming aholiga yiliga 169 ta qotillik to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

23:03 / 18.07.2024
2024 yilda sayyohlar uchun eng xavfli 10 ta shahar e’lon qilindi

19:20 / 20.05.2023
«Bu yerda ko‘cha qonunlari amal qiladi»: dunyoning eng xavfli shaharlari

09:11 / 10.03.2021
Gonduras prezidenti AQShga giyohvand modda olib kirishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda

21:18 / 17.06.2020