Yaponiya hukumati rekord darajadagi davlat byudjyeti loyihasini tasdiqladi

Iqtisodiyot 12:27 / 22.12.2016 8321

Yaponiya Vazirlar mahkamasi 22 dekabrda 2017 moliya yili uchun mo‘ljallangan davlat byudjyetini tasdiqladi. 2017 yil aprelidan 2018 yil mart oyi oxirigacha davom etadigan moliya yilining davlat byudjyeti loyihasining hajmi rekord raqamni aks ettirgan. Unga ko‘ra, kelasi yilgi davlat byudjyeti 97,45 trln iyen (831 mlrd dollarga yaqin)ni tashkil etmoqda.

Xarajatlarning katta qismi ijtimoiy ta'minot maqsadlariga to‘g‘ri keladi. Unga davlat byudjyetining uchdan biri - 32,47 trln iyen (278,36 mlrd dollar) sarflanadi, bu o‘tgan yilgi raqamdan 1,6 foizga ko‘pdir. 

Hukumat, shuningdek, harbiy maqsadlarga ham sezilarli mablag‘larni sarflashni rejalashtirayapti. Xususan, qurolli kuchlar doirasida dengiz piyoda qo‘shinlarini tashkil etish hamda KXDR va Xitoyni cheklab turishga mablag‘lar ajratiladi. Mamlakat mudofaa xarajatlari beshinchi yildirki ortib bormoqda. Loyihaga ko‘ra, kelasi yilda shu maqsadda 5,13 trln iyen (salkam 44 mlrd dollar) yoki o‘tgan yilgidan 1,4 foiz ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi. 

Bundan tashqari, sharqiy Xitoy dengizidagi Senkaku (Dyaoyuydao) orolidagi vaziyat tufayli sohil qo‘riqlash xizmatiga ham rekord miqdorda mablag‘ ajratiladi. 

Shu bilan birga, qo‘shni mamlakatlar bilan hududiy tortishuvlar sababli 500 mln iyen (4,25 mln dollar) tarixiy tadqiqotlar o‘tkazishga sarflash niyatida. Byudjyet loyihasi kelasi 2017 yil yanvar oyida parlament sessiyasining muhokamasiga kiritiladi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: