Uber'ning 2016 yilning uchinchi choragidagi kamomadi 800 million dollardan oshib ketdi

Iqtisodiyot 17:33 / 20.12.2016 3142

Uber taksi servisining 2016 yil, uchinchi choragidagi kamomadi 800 million dollardan oshdi. Bunda kompaniyaning Xitoy bozoridan chiqishiga doir shartnomasi hisobga olinmadi. Bloomberg shu haqida ma'lum qildi. 

2016 yilning ilk to‘qqiz oyi ichida taksi servisi 2,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotdi. Manbada taxmin qilinishicha, yil oxiriga borib, kamomad 3 milliard dollarga yetishi mumkin. 

Shunga qaramay, Uber'ning sof daromadi oshishda davom etmoqda — 2016 yilning yanvar-sentabr oylarida kompaniyaning sof daromadi 3,76 milliard dollarga yetgan. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, servis 5,5 milliard dollar ishlamoqchi. 

2016 yilning sentabr oyida Uber o‘zining Xitoydagi bo‘limini taksi xizmatini taqdim etuvchi mahalliy startap Didi Chuxing'ga sotgandi. Kedishuv shartlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi Uber aksionerlariga o‘z startapining 20 foiz aksiyasini taqdim etgan va taksi buyurtmasi servisini rivojlantirishga 1 milliard dollar sarflagan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: