AQShda xususiy firma jangovar raketalarni qonuniy ravishda ishlab chiqara boshladi

Fan-texnika 18:34 / 20.12.2016 5817

Texas Machine Gun & Ordnance kompaniyasi AQShning qurol haqidagi Milliy qonuni (National Firearm Act) uning raketalar ishlab chiqarish imkonini cheklashidan norozi bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda Guns.com.

Kompaniya o‘tgan dam olish kunlari “Men raketachiman” nomli jangovar raketani ro‘yxatdan o‘tkazishi haqida ma'lum qildi.

"Biz qonuniy asosda raketalarni ishlab chiqarishimiz mumkin emas ekan, raketa modelini haqiqiy jangovar raketaga aylantirishga qaror qildik", - deyiladi qo‘lbola bombalar sotish bilan mashhur bo‘lib ketgan kompaniya bayonotida. 

"Ayni damda modelda jangovar qism yo‘q, biroq uni ishga tushirish uchun ikki-uch oy vaqt qoldi. Kompaniya og‘irlik, hajm va dvigatel turlari borasidagi ishlarni oxiriga yetkazishi zarur. Eng asosiysi – Federal aviatsiya hukumati bilan raketalarni ishga tushirish bo‘yicha talablar yuzasidan bir qarorga kelib olish. Tajribalarni yakunlaganimizdan so‘ng bizda qonuniy tarzda ro‘yxatdan o‘tgan raketa 100 foizga tayyor bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qilgan kompaniya vakili.
 

Ko‘proq yangiliklar: