Rossiyadan O‘zbekistonga 3-chorakda jo‘natilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 10:30 / 19.12.2016 42532

Rossiyadan O‘zbekistonga 2016 yilning 3-choragida jo‘natilgan pul o‘tkazmalari hajmi 644 mln dollarni yoki o‘tgan yil shu davriga nisbatan 11,18 foiz kamroqni tashkil qilgan. Bundan Rossiya markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda.

Bank ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga ushbu davrda 20 mln dollar o‘tkazilgan, vaholanki bu qiymat 2015 yil 3-choragida 72 mln dollarni (-72,23 foiz kamayish) tashkil qilgan.

Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilgan bitta tranzaksiyaning o‘rtacha miqdori 2015 yil 3-choragidagi 482 dollarga nisbatan 2016 yil 3-choragida 476 dollargacha, O‘zbekistondan Rossiyaga bitta tranzaksiya miqdori esa 3-chorakda 1572 dollardan 1295 dollargacha kamaygan.

Ta'kidlash joizki, 2016 yil 1-choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 256 mln dollar (2015 yil 1-choragida 463 mln dollar) va O‘zbekistondan Rossiyaga 27 mln dollar (2015 yil 1-choragida 151 mln dollar) o‘tkazilgan. 

2016 yil 2-choragida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 474 mln dollar va 21 mln dollarni tashkil qilgan.  

Rossiya markaziy bankining ta'kidlashicha, ushbu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, Kolibri, Zolotaya Korona, LIDeR, Pochta Rossii kabi pul o‘tkazish tizimlari ma'lumotlari asosida tuzilgan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: