Hisobot: 2016 yilda Xitoy YaIM 6,7 foizga o‘sadi

Iqtisodiyot 10:42 / 19.12.2016 6157

Bu yil Xitoy xalq respublikasi YaIM (yalpi ichki mahsuloti) o‘sish sur'atlari 6,7 foizni tashkil etadi, 2017 yilda bu raqam 6,5 foizni tashkil etadi, deyiladi Xitoy ijtimoiy fanlari Akademiyasi tomonidan tayyorlangan iqtisodiyot bo‘yicha Ko‘k kitobda. 

2015 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy YaIM 6,9 foizgacha sekinlashgan va so‘nggi 25 yildagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘lgandi. 2016 yilda mamlakat hukumati o‘sish rejasini 6,5-7 foiz oralig‘ida belgilagan edi. XXR Davlat statistika qo‘mitasi byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning uch choragida Xitoy YaIM 6,7 foizni tashkil etgan. Shunga ko‘ra, birinchi uch chorak natijasi hukumat rejalariga to‘la mos keladi. Tahlilchilar esa, Xitoy iqtisodiyotining uchinchi chorakdagi o‘sishi sur'atlarini 6,6 foizgacha pasayishini taxmin qilishgan edi. 

Ko‘k kitobga ko‘ra, XXR YaIM 2017 yilda taxminan 6,5 foiz atrofida o‘sadi. Shu bilan, mamlakat iqtisodiyoti 2016 yil ko‘rsatkichidan 2 punktga pasayadi. 

Davlat statistika byurosi xabariga binoan, o‘tgan uch chorakdagi inflyatsiya darajasi 2 foizni tashkil etgan, mamlakat hukumati pul qadrsizlanishi 3 foizni tashkil etadi, deya taxmin qilgan edi. 2017 yilgi inflyatsiya esa, Ko‘k kitobda yozilishicha, 2,2 foiz darajasida bo‘lishi kerak. 

 

Ko‘proq yangiliklar: