Daniyada naqd pul chiqarish to‘xtatiladi

Iqtisodiyot 00:03 / 19.12.2016 9496

Daniya milliy banki qirollikning milliy valyutasi – Daniya kronini bosishni to‘xtatib, uni elektron kron bilan almashtirmoqchi. Mamlakat hukumati va bank rahbariyati fikricha, bu pul qog‘oz pul va tangalarni ishlab chiqarish uchun sarflangan byudjyet mablag‘larini samarali tejashga imkon beradi. Elektron to‘lovlarga o‘tish xufyona pul tarmog‘i bilan kurashishga ham ijobiy ta'sir qiladi.

Qirollik hukumati hozirdanoq naqd pulni muomaladan chiqarishni boshlashga qaror qildi, chunki keyingi yilda Daniya milliy banki "pul bosish stanogi"ni Finlyandiya zarbxonasiga topshirmoqchi. Gap naqd pulning bir ondayoq muomaladan chiqarilishi haqida ketmayapti, biroq Daniya hukumati qog‘oz pul va tangalar 2030 yilgacha muomaladan to‘liq chiqarilishi bo‘yicha reja ishlab chiqdi.

Moliyachilarning aytishicha, naqd to‘lovlarni qisqartirish siyosati evaziga oxirgi 15 yil ichida naqd pul bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar miqdori 83 foizdan 30 foizgacha kamaydi. Buning evaziga boshqa muvaffaqiyatlarga ham erishildi: xufyona to‘lovlar aylanmasi oxirgi 4 yil ichida 6 mlrd dollardan 4  mlrd dollargacha kamaygan.  

Daniya bu borada yaxshi o‘rnak ko‘rsatmoqda – Norvegiya va Shvetsiya ham sekin-asta o‘z fuqarolarini yonlarida "qappaygan" kartmonlarni olib yurmaslikka o‘rgatmoqda. Bu davlatlar aholisi hamma joyda bank kartasi yordamida to‘lovni amalga oshira oladilar, naqd pul esa hamma joyda ham qabul qilinavermaydi. Biroq Yevropa davlatlari orasida naqd puldan foydalanishni afzal ko‘ruvchilar ham bor. Misol uchun, Italiya hisobiga yevroning butun aylanmasining chorak qismi to‘g‘ri keladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: