Rossiya Turkiya bilan aksilterrorchilik sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi bildirildi

Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Kaysari shahridagi terakt tufayli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida ma'lum qilindi.
"Aminmanki, bunday hujumlarga javob ekstremistik guruhlarga qarshi yanada qat'iyroq kurash bo‘lishi kerak. Rossiya o‘z tomonidan Turkiya bilan aksilterrorchilik sohasida hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor", deb aytdi Putin.
Putin, shuningdek, Erdo‘g‘andan teraktda halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga ta'ziya bildirib qo‘yishni iltimos qilgan.
Avvalroq Kaysaridagi teraktni kurd ayirmachi guruhi amalga oshirgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025