Misrda Usoma bin Lodinning o‘g‘lini mamlakatga kiritishmadi

Jahon 18:36 / 17.12.2016 24088

Misr chegarachilari sobiq birinchi raqamli terrorchi Usoma bin Lodinning o‘g‘illaridan biriga mamlakatga kirishiga ruxsat berishmadi. Bu haqda "Al-Axram" nashri portali xabar bergan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, "Al-Koida" asoschisining o‘g‘li Omar ben Laden Qohiraga Qatardan juma kungi reys bilan uchib kelgan. Pasport nazoratidan o‘tish jarayonida esa misrlik chegarachilar erkakni Misrga kirishi taqiqlangan kishilar ro‘yxatida borligi haqida xabardor qilishdi. Bir necha soatdan so‘ng ben Laden Turkiyaga uchib ketgan.

Xabarlarga ko‘ra, Umar bin Lodin Misrda 2007-2008 yillarda istiqomat qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: