Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 930ta kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat yuritmayapti
Avval xabar qilinganidek, 2016 yil 15 dekabr kuni xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi hamda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Bu haqda O‘zA agentligi xabar qilmoqda.
Prezidentimiz viloyatda erishilgan yutuqlarni qayd etish bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar, mavjud muammolar haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.
“Bugun Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur'atlari bizni qoniqtirmaydi, - dedi davlatimiz rahbari. – Fikrimizning tasdig‘ini birgina O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga o‘tgan 2 oyda viloyat fuqarolaridan 2 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani va shundan atigi 793 tasi ijobiy hal qilingani misolida ham ko‘rish mumkin. Mana shuning o‘zi Sirdaryo viloyati rahbarlariga berilgan bahodir. Bu nafaqat viloyat rahbariyati, shahar va tumanlar hokimlarining ham aybi, desak adolatdan bo‘ladi”.
Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yetarlicha e'tibor qaratilmayotgani oqibatida ularning 930 tasi faoliyat ko‘rsatmayotgani tanqid qilindi.
Mahsulot va xizmatlar eksporti masalasi ham talab darajasida emas. O‘tgan 11 oy davomida bu boradagi prognoz rejasi 77,9 foizga bajarilgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Oybek Ashurmatov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimi vazifasida ishlab kelayotgan G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi etib saylandi.
Sessiyada so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz nutqida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etish, boshqaruv tizimidagi rahbarlarning mas'uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilab berilganini, viloyat aholisi bildirilgan tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, barcha soha va tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish uchun astoydil mehnat qiladi, deb ta'kidlashdi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Yevroittifoq Temu'ni raqamli xizmatlar haqidagi qonunni buzganlikda aybladi
Jahon | 14:05
-
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 13:55
-
Turkiyada O‘zbekiston madaniyati elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 13:42
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025