Venesuelada shoshilinch pul almashtirish banklardagi katta navbat va tartibsizliklarga sabab bo‘lmoqda

Iqtisodiyot 09:49 / 14.12.2016 5318

Venesuela shaharlarida seshanba bank bo‘linmalariga katta navbat va turli tartibsizliklar kuzatilmoqda. Bu holat prezident Nikolas Maduro tomonidan kutilmaganda mamlakatdagi eng yirik kupyura – 100 bolivarlarni (taxminan 3 AQSh senti) muomaladan olish haqida ma'lum qilingach, yuz bergan. 

Maduroning fikricha, bu chora Kolumbiya bilan chegarada harakat qiluvchi moliya mafiyasi bilan kurashda o‘z natijasini berishi kerak. Davlat Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuela hududida ayni damda 6,1 milliard shunday kupyuralar bor. Shu bilan bir qatorda, 300 milliard bolivarlar moliyaviy mafiya qo‘lida, deb xabar bergan mamlakat IIV rahbari Nestor Reverol.

El Universal portalining ta'kidlashicha, Barinas, Monagas shtati, Margarita orollaridagi banklar eshigida juda ham katta navbatlar paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlari bilan katta sumkalar va qoplarni olib kelishdi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, pullarni seshanbadan payshanbaga qadar davlat va xususiy banklarda alishtirish mumkin. Ko‘plab savdo korxonalari esa dushanba kunidan boshlab 100 bolivarlarni qabul qilishdan bosh tortishmoqda.

Ma'lumot uchun, Venesuelada 15 dekabrdan boshlab 500 va 20 ming bolivarlik qiymatga ega oltita yangi kupyura muomalaga kiritiladi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: