Xitoyda zavodda yong‘in sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Foto: AP
Xitoy sharqidagi Shandun viloyatidagi zavodda ro‘y bergan yong‘in oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafar inson jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Voqea Xayyan shahrida seshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektronika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonada sodir bo‘lgan bo‘lib, u tunga yaqin o‘chirilgan.
Xabar qilinishicha, chorshanba kuni ertalab o‘t o‘chirish xizmati xodimlari besh nafar halok bo‘lgan insonning jasadini aniqlashgan, yana to‘rt nafar inson kasalxonaga olib ketildi.
Ayni damda yong‘inga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025