The New Times yangi yildan obunachilari soniga qarab bosmadan chiqariladi

Iqtisodiyot 18:07 / 12.12.2016 2894

The New Times gazetasi bosh muharriri Yevgeniya Albats nashr saytida shuni ma'lum qildiki, gazeta 2017 yildan boshlab obunachilar soni qancha bo‘lsa, shuncha adadda bosmadan chiqariladi.

Albatsning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qaror xarajatlarni kamaytirish maqsadida qabul qilingan. Uning ma'lum qilishicha, nashr tarmoqlarining qisqarib ketishi oqibatida narxlar tushib ketgan va nashriyot ularni ko‘tara oladigan darajada emas.

Shu sabab The New Times nashrining 2017 yilning yanvar oyida e'lon qilinadigan soni obunachilar miqdoriga qarab bosmadan chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: