Eron AQShdan 80ta Boeing samolyotini sotib oladi

Iqtisodiyot 17:33 / 11.12.2016 7674

Eronning Iran Air aviakompaniyasi Amerikaning Boeing ishlab chiqaruvchisi bilan 80ta samolyot xarid qilish haqidagi shartnomani imzoladi. IRNA milliy agentligi Eron kompaniyasi rahbari Farhod Parvaresh bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi

Manbada ta'kidlanishicha, Iran Air yaqin 10 yil ichida 50ta Boeing 737 va 30ta Boeing 777 samolyotini qo‘lga kiritadi. 

Shartnoma 11 dekabr, yakshanba kuni Tehronda imzolandi. Unda ikki kompaniya rahbariyatidan tashqari, Eron yo‘llar va shahar rivoji vaziri Abbos Axundiy ishtirok etgan. 

Bundan avval Eronning Boeing'dan 25 milliard dollarga 100ta avialayner sotib olishi haqida ma'lumot berilgandi. Iyun oyida Eron konsern bilan dastlabki kelishuvga erishganida, kompaniya laynerlarning Eronga sotilishi uchun AQSh hukumatining ruxsatini olgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: