O‘zbekiston kompaniyasi xalqaro global ko‘rgazmada ishtirok etdi

Iqtisodiyot 10:21 / 09.12.2016 8912

Sanoat mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Birinchi Prezident Islom Karimov, mamlakatimizda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish zarurligi haqida takror-takror so‘z yuritgan. Bugungi kunga kelib, alyuminiyga ishlov berish kabi sanoat yo‘nalishi ham taraqqiy etib, takomillashib borayapti. Alyuminiy kelajakda yaxshi imkoniyatlarga ega va o‘zining yong‘inga chidamliligi, yuz foiz qayta ishlash mumkinligi, korroziyaga yuqori qarshiligi, yengil vazni, yuqori tok o‘tkazuvchanligi, pishiqligi bilan boshqa metallardan ajralib turadi. 

Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan globallashuv jarayoni keskin ruhdagi raqobat bilan yanada jiddiy tus olmoqda. Aynan globallashuv «gorizontlarni kengaytirish»ga asos bo‘lmoqda. 1997 yildan beri har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan jahon alyuminiy sanoatining global tadbiri – ALUMINIUM ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 

ALUMINIUM – butun dunyodagi alyuminiy xom ashyosini yetkazib beruvchilar, qayta ishlovchilar va ishlab chiqaruvchilar uchrashadigan eng yirik ko‘rgazmadir. U Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Joriy yildagi ko‘rgazma 29 noyabrdan 1 dekabrgacha Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma dasturi ikkita asosiy tadbirni o‘tkazishni o‘z ichiga olgan edi. Birinchisi sohani rivojlantirish istiqbollari va muhim tendensiyalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish, European Aluminium Award 2016 mukofotini topshirish marosimidan iborat bo‘ldi. So‘nggi ikki yilda alyuminiy sohasida ulkan yutuqlarga erishgan oltita muallif taqdirlandi. 

Joriy yilda, tarixda ilk marotaba, O‘zbekiston kompaniyasi ushbu keng qamrovli ko‘rgazmada ishtirok etdi. Unda mamlakatimiz sharafini BENKAM brendi asosida mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Green Line Profil” MChJ qo‘shma korxonasi himoya qildi. Qo‘shma korxona har xil turdagi alyuminiy profillar ishlab chiqarish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib keladi. Yosh, tez rivojlanayotgan kompaniya qisqa davr mobaynida o‘z mahsulotlarining ustun jihatlari va sanoat ishlab chiqarishi sohasidagi katta tajribaga ega malakali mutaxassislarining mehnati sabab jahon bozoriga chiqishni uddaladi. BENKAM MDH bozorida turli xil anodirlashtirilgan  alyuminiy profillar yetkazib berish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. 

BENKAM brendining ALUMINIUM 2016 ko‘rgazmasida ishtirok etishi – bu O‘zbekiston sanoatining faol rivojlanayotgani dalolatidir. Kompaniya o‘z ko‘rgazma stendini munosib tarzda taqdim etdi. Kompaniya stendiga tashrif buyurganlar soni raqobatchi firmalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda 50 foizga ko‘p bo‘lgani ham fikrimiz isbotidir. 

ALUMINIUM ko‘rgazmasi – bu mijozlar va sotuvchilar uchrashadigan xalqaro maydondir. Unda muzokaralar olib boriladi, shartnomalar imzolanadi. O‘z navbatida, BENKAM ham sharqiy Yevropa mamlakatlari, MDH davlatlari, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Kompaniya ko‘rgazma yakunida Sharqiy Yevropa mamlakatlari va MDHga a'zo davlatlarga alyuminiydan tayyorlangan mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha bir necha o‘nlab shartnomalar imzoladi. 

O‘zbekiston uchun ALUMINIUM 2016 ko‘rgazmasi o‘ziga xos uchish yo‘lagi bo‘lib xizmat qiladi. «Iqtisodiy taraqqiy topgan kelajak samolyoti uchuvchisi» - BENKAM kompaniyasidir. Chunki, aynan u mamlakat sanoati tez sur'atlarda rivojlanayotganini ishonchli tarzda namoyish eta oldi hamda yaqin orada sohadagi yetakchi mamlakatlar orasidan joy olib, ular bilan munosib raqobatlashadi.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: