Qozog‘istonda LADA yangi avlod avtomobil modellari ishlab chiqarila boshlandi

Iqtisodiyot 15:38 / 09.12.2016 13701

Qozog‘istonda "AvtoVAZ"ning LADA yangi avlod avtomobil modellari - Vesta, XRAY, Largus universali va Granta liftbeki "Aziya Avto" zavodida ishlab chiqarila boshlandi, deb xabar berdi avtokonsern matbuot xizmati.

"Qozog‘iston - LADA uchun birinchi raqamli eksport bozoridir. Vesta va XRAY’ni bu yerda, Ust-Kamenogorskda ishlab chiqarish respublika aholisiga zamonaviy LADA – bu juda ham o‘ziga xos uslubdagi zamonaviy avtomobil ekanini ko‘rish va his etish imkonini beradi. "AvtoVAZ" uchun Ust-Kamenogorskda ishlab chiqarishni rivojlantirish – bu eksport siyosatidagi imkoniyatlarning kengayishidir", - deya ma'lum qildi konsern rahbari Nikolya Mor ishlab chiqarishni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosimda.

LADA Vesta

Avvalroq, "Aziya Avto" quvvatida uch model chiqarilgan: LADA 4x4 yo‘ltanlamasi, LADA Granta sedani va LADA Kalina universali.

"AvtoVAZ" 2015 yil yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston avtomobil bozoridagi eng yetakchi ishtirokchi ekanini isbotladi. LADA hissasiga respublika hududida sotilgan barcha avtomobillarning 28 foizi to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: