Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeronning bashorat qilishicha, Yevropaning yagona pul birligi inqirozga yuz tutadi. U bu haqda AQShning DePo universiteti (DePauw University, Indiana shtati) talabalariga qilgan ma'ruzasida aytib o‘tgan.
"U yana qancha muddat amal qiladi, buni bilmayman", — degan sobiq bosh vazir. Uning so‘zlaridan The Daily Mail nashri iqtibos keltirmoqda.
Kemeronning fikricha, yevro amal qiladigan hududlarda yanada ko‘p muammolar paydo bo‘ladi. Britaniyalikning aytishicha, "yevro boshida o‘ylaganchalik natija ko‘rsatmayapti".