Tramp: Yaponiyaning eng yirik mediakorporatsiyasi AQShga 50 milliard dollar investitsiya kiritadi

Iqtisodiyot 08:21 / 07.12.2016 4003

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida Yaponiyaning SoftBank telekommunikatsiya va mediakorporatsiyasi rahbariyati mamlakatga 50 milliard dollar investitsiya kiritib, 50 ming ish o‘rnini yaratishga rozi bo‘lgani haqida ma'lum qildi. 

Saylangan prezident bunday bayonot bilan kompaniya asoschisi Masayosi Son bilan uchrashuvdan so‘ng chiqish qilgan.

«Masayosi (SoftBank) AQSh kompaniyalariga 50 milliard dollar sarmoya kiritishga hamda 50 ming yangi ish o‘rni yaratishga rozi bo‘ldi», — deb yozdi Tramp.
Uning ta'kidlashicha, saylovlardagi g‘alabasi sabab shunday bitimga erishilgan.
 

Ko‘proq yangiliklar: