OTB Qashqadaryo viloyatidagi avtoyo‘llarni modernizatsiyalashtiradi

Iqtisodiyot 22:17 / 07.12.2016 7546

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi-Shahrisabz-Kitob avtomobil yo‘llarini kengaytirish va modernizatsiyalashtirish uchun 198 million AQSh dollari miqdoridagi zayomni tasdiqladi. Bu sayyohlik, mobillikni yaxshilab, ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. OTBning matbuot xizmati shu haqida ma'lum qildi. 

"Yo‘llarni modernizatsiyalashtirish Markaziy Osiyo va Yevropada savdo-sotiqni rivojlantirishda O‘zbekistonning tutgan o‘rnini mustahkamlaydi", - dedi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo Departamentining transport bo‘yicha bosh mutaxassisi Jangbo Ning. Loyiha doirasida yo‘l obektlari yaxshilanadi va xavfsizlik chora-tadbirlarini joriy etish orqali yo‘llar tartibga solinadi, tegishli agentlik va idoralar salohiyati rivojlantiriladi.

Yaxshi transport tizimi, yo‘llar hamda avtomagistrallar O‘zbekiston kabi dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan mamlakatlarning asosiy o‘sish dvigateli hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston - Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (MOMIH) dasturi ishtirokchisi. Xalqaro tranzit trafik yuk tashish hajmining deyarli 10 foizi hamda 88 foiz mahalliy yuk va yo‘lovchi tashish mamlakatimiz yo‘llari va avtomagistrallariga to‘g‘ri keladi. Yo‘l xavfsizligi yurtimizda alohida e'tiborni talab qiladi. 

Loyiha doirasida Qarshi, Shahrisabz va Kitob shaharlari o‘rtasida mavjud avtomagistralning ikki hududini modernizatsiyalash ko‘zda tutilmoqda. Yo‘llarni modernizatsiyalash evaziga Qarshi-Kitob avtoyo‘li bo‘yicha har kunlik trafikning yillik hajmi 2022 yilga qadar 14 000 avtotransport vositasiga ko‘payadi. Keng qamrovda olib qaraydigan bo‘lsak, mazkur loyiha xalqaro savdo-sotiq va sayyohlik rivoji, shuningdek yo‘llar xavfsizligining oshishiga ulkan hissa qo‘shadi. 

Loyihaning umumiy qiymati 266,2 million AQSh dollarini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati 68,2 million AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish ishlarini o‘z zimmasiga oladi. Loyiha asosidagi ishlar 2021 yilga borib tugallanishi kutilmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: