Eron rasmiy valyutasi nomini o‘zgartirdi

Iqtisodiyot 21:25 / 07.12.2016 26307

Eron milliy valyuta nomini o‘zgartirdi. Endilikda mamlakatda fors tumani iste'molga kiritiladi. Bir tuman o‘n riyolga teng bo‘ladi.

Meduza nashri xabariga ko‘ra, valyutani o‘zgartirish qarori Eron hukumatining 7 dekabrdagi majlisida qabul qilindi. Endi qaror parlament va Konstitutsiya muhofizlari kengashida tasdiqlanishi lozim bo‘ladi.

XVII asrdan 1932 yilga qadar Eronda rasmiy valyuta tuman hisoblangan.

1 tuman taxminan 0,003 dollarga teng kelardi (320 tuman - 1 dollar).

Ko‘proq yangiliklar: