Bloomberg: OPeKga kirmaydigan ikki davlatgina neft qazib olish hajmini kamaytirishga rozi bo‘lmoqda

Iqtisodiyot 19:25 / 07.12.2016 5983

OPeKga kirmaydigan Rossiya va Ummongina kunlik neft qazib olish hajmini kamaytirishga rozi bo‘lmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

"OPeK fikricha, Rossiya va Ummon tomonidan aytilgan neft qisqartirilishi ataylab qilinadi va qazib olishning tabiiy pasayishi hisoblanmaydi", deb aytildi agentlikda.

Bundan tashqari, OPeK neft qazib olishning tabiiy pasayishlarini ham qabul qilishga tayyor. OPeKga kirmaydigan ko‘p davlatlarda tabiiy pasayish kuzatilmoqda.

10 dekabrda Venada OPeKga a'zo va unga kirmaydigan davlatlar vakillari o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tadi. OPeKning neft qazib olish hajmini kamaytirish qaroriga unga kirmaydigan davlatlarning qo‘shilishi bu muzokaralardagi asosiy masala bo‘ladi. Avvalroq OPeK bosh kotibi tashkilot unga a'zo bo‘lmagan 14 ta davlatga uchrashuvda ishtirok etish taklifini jo‘natganini ma'lum qildi. Bundan avval Venesuela neft vaziri uchrashuvda tashkilotga kirmaydigan taxminan 20 davlat ishtirok etishini aytgandi. Ular orasida Qozog‘iston, Ummon va Lotin Amerikasining bir qator davlatlari bor.

30 noyabrda OPeK 8 yil ichida birinchi marta neft qazib olish hajmini kuniga 32,5 mln barrelgacha kamaytirish qarorini qabul qildi. Unga ko‘ra, 2017 yil 1 yanvaridan kartel a'zolari neft qazib olish o‘rtacha bir kunlik hajmini 1,164 mln barrelga kamaytirishadi.

Endi tashkilot shunday bitimni unga a'zo bo‘lmagan davlatlar bilan ham tuzishi kerak. OPeK bu davlatlardan neft qazib olish hajmining kuniga 600 ming barrelga kamaytirilishini kutmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: