So‘nggi LaFerrari rekord miqdordagi pulga sotildi

Fan-texnika 15:50 / 05.12.2016 9851

LaFerrari gibridli superkarining so‘nggi – 500-nusxasi Daydon-Bich (AQSh)dagi ochiq savdolarda 7 million dollarga sotildi, deb xabar beradi MotorAuthority.

Tushgan daromadning barchasi Italiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarini tiklash uchun mablag‘ yig‘ayotgan National Italian American Foundation’s Earthquake Relief Fund jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Avtomobil Ferrari firmasi tomonidan avvaldan o‘rnatilgan 499 nusxadan bitta ko‘proq qilib sotuvga qo‘yiladi. U aynan savdolarga mo‘ljallangan holda maxsus ravishda yig‘ildi. 2016 yilning avgustida Ferrari rahbari Serjio Markionne Maranellodagi zavodda 500- mashina yig‘ilib, u ota vataniga sovg‘a tariqasida xayriya “kim oshdi” savdolarida sotilishini ma'lum qilgandi. Aynan shu avtomobil Dayton-Bichdagi savdolarga qo‘yildi. 

Superkar uchun olingan narx joriy yuz yillikda avtomobil uchun olingan rekord darajadagi mablag‘ sanaladi.

Avtomobil seriyadagi boshqa mashinalardan tashqi dizayn bilan farqlanib, salonda maxsus plastina o‘rnatiladi – u avtomobil tarixidan hikoya qiladi. Mashina kapotida esa Italiya bayrog‘i tasvirlanadi.

Avtomobilni xarid qilgan insonning ismi oshkor etilmagan.
 

Ko‘proq yangiliklar: