Samsung va Hyundai top-menejyerlari so‘roq qilinadilar

Fan-texnika 22:21 / 05.12.2016 3330

Samsung va Hyundai kompaniyalari top-menejyerlari Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan bog‘liq korruptsion mojaro sababli so‘roq qilinadilar, deb xabar bermoqda RNS.

Janubiy Koreya parlamenti qo‘mitasi deputatlari yirik kompaniyalar rahbarlari, jumladan Samsung raisi o‘rinbosari Li Djeyon va Hyundai prezidenti Chon Mongu bilan uchrashmoqchilar.

Tergov mamlakat prezidentining yaqin dugonasi Choy Sun Sil nazorat qilgan jamg‘armalarga kompaniyalar ajratgan xayriyalar bilan qiziqmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: