Putin Trampning mas'uliyatni his qilish darajasiga oid fikrlarini bildirdi

Foto: © RIA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni aqlli inson deb bilishini ma'lum qildi. U shuningdek, Tramp mas'uliyatning yangi darajasini tezda anglab, his qilishiga umid bildirgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Tramp tijoratchi va tadbirkor bo‘lgan. Bugun u davlat arbobi. Bugun u dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri, dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri, yetakchi harbiy qudratli davlat bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari. U biznesda muvaffaqiyat qozona olgani uning aqlli inson ekanini bildiradi. Aqlli insonmi, demak u mas'uliyatning boshqa darajasini ham tezda anglaydi», — degan Putin.
Mavzuga oid

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

20:30 / 11.03.2025