Xitoydagi Kommunistik partiya elitasining avtoulovi hisoblanadigan Hongqi L5 mashinasi haqida internetda yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu mashina ba'zi o‘zgartirishlar bilan 2017 yil aprelida erkin savdoga chiqariladi.
Avtoulov 381 ot kuchiga ega biturbirlangan 4 litrli, 8 silindrli dvigatel, 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.
Ayni vaqtda sedan 12 silindrli, 6 litrli, 408 ot kuchiga ega dvigatel bilan ishlab chiqariladi. Mashina to‘liq privod bilan jihozlangan.
Hongqi L5’ning uzunligi 5555 mm ni, eni 2018 mm ni, balandligi 1578 mm ni, g‘ildiraklar bazasi 3435 mm ni, og‘irligi 3,1 tonnani tashkil qiladi.
Xitoy nashrlarining ma'lum qilishicha, ushbu mashina 2017 yil aprelida bozorga 4 mln yuan (581000 dollar) narxi bilan sotuvga chiqariladi.
Yangi mashina juda bo‘lmasa mahalliy bozorda ommalashishi aytilmoqda, chunki bunday toifadagi xorijiy modellar uchun olib kirish bojlari ularni juda qimmat qiladi.
Hongqi L5 istalgan odam sotib olishi mumkin bo‘lgan avtomobil sifatida rejalashtirilgandi. Ikki yil avval bunday mashinadan bittasini xitoylik tadbirkor sotib olgan. Mashina qimmatligi sabab ommaviy tarzda sotilmagan.
Hongqi L5 negizida yaratilgan kabriolet Belarusdagi G‘alaba paradida bosh avtomobil hisoblanadi, u «Chayka» GAZ-1405 o‘rnini egallagan. Bu avtomobildan bir nechtasi Xitoy mudofaa vazirligi bilan hamkorlik doirasida Belarus mudofaa vazirligiga sovg‘a qilingan.